Dollar kursi dekabrning ilk haftasida qanchaga oshdi

eʼlon qilindi
Hafta yakunida dollar kursi 1-dekabrdagi darajaga nisbatan 22,28 so‘mga yuqoriladi
Foto: Depositphotos

1 – 5-dekabr kunlari O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursida ketma-ket tebranishlar kuzatildi. «Kursiv» nashri dollar valyutasining hafta davomidagi o‘zgarishi haqidagi maqolasini e’lon qiladi.

Hafta boshida dollar ko‘tarilishdan start oldi. 1-dekabr kuni valyuta kursi 11 940,95 so‘m etib belgilandi va oldingi kunga nisbatan 38,65 so‘mga oshdi.

2-dekabrda vaziyat o‘zgardi. Dollar 11 895,57 so‘mga tushib, kunlik hisobda 45,38 so‘m pasaydi. 3-dekabr kuni kurs pasayishda davom etdi va 11 880,93 so‘mni tashkil etdi. Bu kunda dollar yana 14,64 so‘mga arzonlashdi.

4-dekabrda bozor yo‘nalishini o‘zgartirdi. AQSh valyutasi yana mustahkamlanib, 11 912,38 so‘mga chiqdi. Kunlik o‘sish 31,45 so‘m bo‘ldi. 5-dekabr kuni esa haftadagi eng katta ko‘tarilish qayd etildi. Dollar 50,85 so‘mga oshib, 11 963,23 so‘m darajasiga yetdi.

Grafik SI

Natijada hafta yakunida dollar kursi 1-dekabrdagi darajaga nisbatan 22,28 so‘mga yuqoriladi.

Dollar kursi o‘zgarishiga 2026-yilda qaysi omillar ta’sir qiladi

2026-yilda dollar kursining o‘zgarishiga bir vaqtning o‘zida bir nechta tashqi va ichki omillar ta’sir qiladi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan xalqaro davra suhbatida Markaziy bank raisi o‘rinbosari Nodirbek Achilov Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Achilovning aytishicha, tashqi omillar qatoriga tashqi savdo hamkorlaridagi vaziyat, u yerda kurs va inflyatsiya darajasi, shuningdek, iqtisodiy faollik kiradi.

«Bundan tashqari, toʻgʻridan toʻgʻri biz bilan bogʻliq boʻlgan omillar – eksport tushumlari, pul oʻtkazmalaridan tushumlar, xorijiy kredit liniyalari va xorijiy investitsiyalardan tushumlar. Bu oʻz-oʻzidan bozorda taklifni shakllantirib, bozor dinamikasini belgilab beruvchi omil hisoblanadi», – deya aniqlashtirgan u.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 9-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek