Ertalabki nonushta: smetana va murabboli quymoqlar

9-dekabr 2025 07:40 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: depositphotos.com

Erta tongdan oila a’zolaringizni nonushtada xursand qilish uchun pankeyklardan keyin issiqqina quymoqlar ayni muddaodir. Smetana, murabbo yoki tvorogli qilib tortiladigan bu yupqa quymoqlar nonushta uchun eng yaxshi tanlovlardan biri. Tayyorlash oson, ta’mi esa mayin va klassik.

Kursiv Uzbekistan erta tongdan issiq quymoqlar bilan mehmoningiz bo‘ladi.

Masalliq nomiMiqdori
Smetana100 g
Qulupnayli murabbo100 g
Tvorogli pasta100 g
Sariyog‘50 g

Xamir uchun

Masalliq nomiMiqdori
Iliq sut500 ml
Qaynoq suv150 ml
Tuxum2 dona
O‘simlik yog‘i2 osh qoshiq
Shakar2 osh qoshiq
TuzBir chimdim
Qabartma (razrixlitel)1 choy qoshiq
Un (elangan)220 g

Tayyorlash jarayoni

Sutli aralashma: Iliq sutga tuxum, tuz va shakarning barchasini solib, bir hil massa bo‘lguncha aralashtiring.

Xamir tayyorlash: Elangan un va qabartmani qo‘shib, silliq xamir hosil bo‘lguncha aralashtiring.

Yumshoqlik siri: Qaynoq suv va o‘simlik yog‘ini quying — bu quymoqlarga mayinlik beradi.

Qovurish: Qaynoq tovada quymoqlarni ikki tomondan oltin tusga kirguncha qovuring.

Sariyog‘ bilan yumshatish: Tayyor quymoqlar issiq holida sariyog‘ bilan surtib chiqing.

Dasturxonga tortish: Smetana, murabbo yoki tvorogli pasta bilan dasturxonga torting.

    Yoqimli ishtaha!

    Avvalroq Kursiv Uzbekistan ertalabki nonushtaga tez tayyor bo‘ladigan kefirli pankeyklarni qanday tayyorlash haqida yozgandi.

    Shuningdek