Hokim va uning o‘rinbosarlari har 5 yilda rotatsiya qilinadi

Kelasi yildan respublikaning 33 ta tuman va shaharda kadrlar rоtatsiyasi tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab «Yangi O‘zbekiston» qiyofasidagi tuman (shahar) maqomiga ega bo‘lgan 33 ta hudud hokimliklarida natijaga asoslangan boshqaruv tizimi sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.
Boshqaruv samaradorligi agentligi davlat organlari faoliyati bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni shakllantiradi, ularni tasdiqlashni taklif qiladi hamda samaradorlik.gov.uz platformasi orqali ijroni baholab boradi. Shuningdek, kadrlar salohiyatini rivojlantirish, tanlov jarayonlariga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish ham agentlik vakolatiga kiradi.
Shu bilan birga, farmon asosida davlat organlari faoliyati besh bosqichli tizimga – konstitutsiyaviy darajadan tortib mahalla darajasigacha ajratildi. 2026-yildan 33 ta tuman va shaharda kadrlar rоtatsiyasi tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Endilikda:
- tuman/shahar bo‘linma rahbarlari, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari har 5 yilda boshqa hududga ko‘chiriladi;
- rоtatsiya jarayoni hrm.gov.uz platformasi orqali amalga oshiriladi;
- rahbarlar yangi hududga o‘tishdan oldin intensiv o‘quv kursidan o‘tadi;
- ularning faoliyati agentlik tomonidan onlayn nazorat qilinadi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistondagi korporativlarda xodimlarni eng ko‘p bezovta qiladigan omil nimaligini yozgandi.