Honor 2026-yilda noodatiy Robot Phone smartfonini taqdim etadi

9-dekabr 2025 08:56 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Honor

Honor kompaniyasi Robot Phone smartfonini 2026-yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan MWC 2026 ko‘rgazmasida rasman taqdim etishga hozirlanmoqda. Bu haqda GSMArena nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, smartfonning ommaviy ishlab chiqarishi ham kelasi yilning birinchi yarmida boshlanadi.

Ayni paytda global sotuvlar rejalashtirilganmi yoki qurilma faqat Xitoy bozoriga yo‘naltiriladimi noma’lum. Biroq kompaniya ushbu noodatiy loyihani tijoriy mahsulotga aylantirishga qat’iy kirishgani aniq.

Asosiy yangilik — robotlashtirilgan bosh-kamera

Honor Robot Phone’ning eng ajralib turadigan jihati – bu korpusdan ko‘tarilib chiqadigan va mexanik stabilizatorga o‘rnatilgan kamera moduli. Dizayni jihatdan u DJI Osmo Pocket singari miniatyura videostabilizatorlarni eslatadi. Kamera ko‘tarilganda smartfonning boshiga o‘xshab qoladi.

Taqdimot videosida qurilmaning bir nechta noodatiy qo‘llanilishi ko‘rsatib berilgan:

  • smartfonni ko‘ylakning ko‘krak cho‘ntagiga mahkamlab vlog olish;
  • velosiped yoki avtomobilda ekshen-kamera sifatida ishlatish;
  • qo‘l ushlagichsiz stabil videotasvir olish.

Mexanik murakkablik yuqori bo‘lgan bunday modulning kundalik foydalanishda qanchalik qulay bo‘lishi hozircha mavhum. Avvalgi pop-up kameralar oddiyroq bo‘lib, ular ham vaqt o‘tishi bilan bozordan yo‘qolgandi. Shunga qaramay, Honor’ning bu g‘oyasi smartfon sanoati hali ham yangi formatlarni izlayotganini ko‘rsatadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Honor Robot Phone 2026-yil avgustida sotuvga chiqishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Honor GT2 smartfoni 10 000 mA/soatli batareya bilan chiqishi haqida yozgandi.

Shuningdek