Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Avicenne 2025 mukofoti bilan taqdirlandi

eʼlon qilindi
Abu Ali ibn Sinoning noyob qo‘lyozmalarini qayta tiklash orqali tibbiyotga qo‘shgan hissasi uchun
Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Avicenne 2025 mukofoti bilan taqdirlandi / Foto: Islamic center

2026-yil mart oyida jamoatchilikka rasmiy ochilishi rejalashtirilgan O‘zbekistondagi yangi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro Prix Avicenne 2025 mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda PRN nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mukofot Fransiya milliy tibbiyot akademiyasida yetakchi olimlar, tibbiyot tarixchilari, sharqshunoslar, islom merosi mutaxassislari va Yevropa madaniyat muassasalari vakillari ishtirokida topshirildi.

Foto: Euronews

Islom Sivilizatsiyasi markazi Abu Ali ibn Sinoning noyob qo‘lyozmalarini qayta tiklash, tibbiyot risolalarini tadqiq etish va xalqaro konferensiyalarni tashkil qilish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Markaz Toshkentning tarixiy hududida, Hazrati Imom masjidi yonida joylashgan bo‘lib, uch qavatli binoning markaziy gumbazi 65 metr balandlikda. Bino markazida UNESCO Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritilgan dunyoning eng qadimgi Qur’on nusxalaridan biri bo‘lmish Usmon Qur’oni saqlanadi.

Foto: President.uz

Muzeyning asosiy maydoni 15 ming m²ni tashkil etadi. Boshqa hududlarda tadqiqot markazi, raqamlashtirish va restavratsiya laboratoriyalari, 200 mingdan ortiq noyob nashrlarga ega kutubxona va xalqaro tashkilotlar ofislari joylashgan. Mehmonlar interaktiv ko‘rgazmalarda algebra, astronomiya va tibbiyot sohasidagi yutuqlarni ko‘rishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Islom sivilizatsiyasi markazining yakuniy qurilish ishlari bilan tanishgan edi.

Shuningdek