O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni bir yilda 9,6 foizga oshdi

9-dekabr 2025 10:05 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Tadbirkorlar bojxonada qolib ketgan avtomobillarni qayta rasmiylashtirish taklifini berdi
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni bir yilda 9,6 foizga oshdi / Foto: RBK

2025-yil 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4,7 mln avtomobil ro‘yxatdan o‘tgan. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 415,3 mingga (+9,6%) ortgan.

Ular orasida eng katta ulushni yengil avtomobillar tashkil etib, ularning ulushi umumiy sonning qariyb 93 foizini tashkil qiladi.

Bunda transport vositalari turlari bo‘yicha 4,4 mln yengil avtomobillar, 312,7 ming yuk mashinalari, 7,5 ming mikroavtobuslar, 7,3 ming maxsus transport vositalari va 6 ming avtobuslarni tashkil etadi.

Avvalroq Toshkentda transport boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, aholi va transport vositalari ko‘payishi natijasida yo‘l infratuzilmasiga yuklama kuchaydi. Asosiy yo‘laklarda tirbandlik 7-8 ball darajasiga yetgani qayd etildi. Shaxsiy avtomobillar ulushining yuqoriligi ekologiyaga salbiy ta’sir qilmoqda.

Shuningdek