Redmi Note 15 seriyasi Yevropada savdoga chiqdi

9-dekabr 2025 14:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Redmi

Xiaomi hali global taqdimotni o‘tkazmagan bo‘lsa-da, Redmi Note 15 smartfonlari allaqachon Yevropa bozorida sotuvga chiqarildi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Yevropaning bir qator savdo do‘konlari va mobil operatorlari Redmi Note 15 Pro 4G, Redmi Note 15 hamda Redmi Note 15 Pro modellari uchun narxlar va texnik tavsiflarni saytlarga joylashtirdi. Xaridorlar qurilmalarni rasmiy taqdimot bo‘lmasdan turib ham xarid qilishi mumkin.

Italiyada Redmi Note 15 Pro 4G modeli 289 yevrodan taklif etilmoqda. Bu 8 GB tezkor xotira va 256 GB ichki xotiraga ega versiya hisoblanadi. Smartfon 6,77 dyuymli OLED displey bilan jihozlangan bo‘lib, FHD+ aniqlik va 120 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma MediaTek Helio G200 protsessori asosida ishlaydi. Asosiy kamera 200 MP. Akkumulyator sig‘imi 6 500 mA/soat bo‘lib, 45 Vt tezkor quvvatlash mavjud.

Redmi Note 15 modeli Germaniyada sotuvga qo‘yilgan va yetkazib berish kelasi haftaga rejalashtirilgan. Smartfon qora va ko‘k ranglarda taklif etiladi. Qurilma 6,77 dyuymli OLED displeyga ega. Ekran aniqligi 2392×1080 pikselni tashkil etadi. Protsessor sifatida Qualcomm Snapdragon 6 Gen 3 qo‘llanadi. Asosiy kamera 108 MP. Akkumulyator 5 520 mA/soat sig‘imga ega va 45 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Redmi Note 15 Pro modeli ham Germaniya bozorida turli kontrakt to‘lovlari asosida taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv UzbekistanXiaomi Redmi Note 15 Pro 4G taqdimotdan oldin oshkor bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek