Saida Mirziyoyeva Qohirada “Al-Azhar” majmuasi rahbari bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan
Saida Mirziyoyeva Qohirada «Al-Azhar» majmuasi rahbari bilan uchrashdi / Foto: Telegram

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qohirada Misr Bosh imomi, «Al-Azhar» majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklari shayx hazratlariga yetkazildi. Tomonlar O‘zbekiston va Misr o‘rtasida ma’naviyat, fan-ta’lim yo‘nalishlaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Ma’rifatli islom g‘oyalarini targ‘ib etish, yoshlarni radikallashuvdan himoya qilishda yaqin hamkorlik muhim ekani ta’kidlandi.

Foto: Telegram

Shuningdek, qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuvlarni kengaytirish va qo‘lyozmalarni o‘rganish borasida o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Qibraydagi issiqxonalarda ekoreyd o‘tkazgan edi.

Shuningdek