
IMDb kinoportali 2025-yil bo‘yicha eng mashhur filmlar ro‘yxatini e’lon qildi. Reyting IMDB’ning 250 milliondan ortiq foydalanuvchilari tomonidan sahifa ko‘rishlari va izlash faolligiga asoslanadi.
Natijalarga ko‘ra, joriy yilning mutlaq yetakchisi – DC’ning qayta ishga tushirilayotgan koinoti uchun boshlang‘ich nuqtaga aylangan Supermen filmi bo‘ldi.
Bu loyiha Warner Bros uchun g‘oyat muhim edi. Sababi, so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin DC filmlarining kelajagi aynan ushbu kartinaning natijalariga bog‘liq bo‘lgan.
Film studiya kutgan natijani berdi: tanqidchilar ham, tomoshabinlar ham ijobiy baho berishdi, shuningdek, u 2025-yilda chiqarilgan barcha Marvel filmlaridan ko‘ra ko‘proq daromad yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Shu darajada yaxshi natija bo‘lgani uchun Warner allaqachon film davomini buyurtma qilib, «Odam ertasi» deb nomlangan filmni 2027-yil iyulida chiqarishni rejalashtirmoqda.
Film muvaffaqiyati uning ijodkorlariga ham ta’sir qildi. Asosiy rolni ijro etgan Devid Korensvet IMDb’da yilning eng mashhur aktyorlari ro‘yxatida 9-o‘rinni egalladi. Reytingda esa birinchi pog‘ona aktrisa Izabella Mersedga nasib etdi. U nafaqat Supermen filmida, balki The Last of Us serialining ikkinchi mavsumida ham rol ijro etgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Hayvonlar shahri 2» dam olish kunlarida 556 mln dollar yiqqani haqida yozgandi.