Xovos va Marhamat tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

eʼlon qilindi
Bunga qadar ular rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan
Hokim o‘rinbosarlari soni olti nafardan to‘rt nafarga qisqartirilishi mumkin
Xovos va Marhamat tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi / Foto: Ochiq manbadan

Sirdaryo viloyatining Xovos tumani va Andijon viloyatining Marhamat tumani hokimi lavozimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda ikkala viloyat hokimliklari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Sirdaryo viloyat hokimligi

Xovos tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimi bo‘shatilganligi e’lon qilinib, yangi hokim sifatida Yuldashev Qomus Mirovich tasdiqlandi. Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlagan Yo‘ldoshev Ulug‘bek Xasanovich egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Yuldashev Qomus Mirovich 1983-yilda Sirdaryo viloyati, Shirin shahrida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. U Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Foto: Andijon viloyat hokimligi

Shu bilan birga, Andijon viloyatida Marhamat tumani hokimi lavozimiga Umrzaqov Iljosbek Urinboy o‘g‘li tayinlandi. Umrzaqov 1988-yilda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va 2022-yilda Toshkent Moliya Institutini tamomlagan. Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin u Andijon viloyati hokimligi axborot-ta’hlil guruhi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yildan respublikaning 33 ta tuman va shaharda kadrlar rоtatsiyasi tizimi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek