Xuddi SI yaratgandek, ammo haqiqiy: Kia Vision Meta Turismo konseptini namoyish etdi

9-dekabr 2025 13:15 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Kia kelajak elektromobilini namoyish etdi
Kia kelajak elektromobilini namoyish etdi / Foto: Kia

Kia o‘zining 80 yilligini nishonlash doirasida yangi Vision Meta Turismo konseptini namoyish etdi. Yongin shahridagi Kia Vision Square markazida namoyish qilingan ushbu sport sedan konsepti kelajakdagi EV8 modelining dastlabki ko‘rinishi bo‘lishi aytilmoqda. Model dizayni shu qadar g‘ayrioddiyki, rasm emas, sun’iy intellekt yaratgan tasvirday ko‘rinadi.

Foto: Kia

Mashina torpedo shaklidagi uzun kuzov, old oynani kesib o‘tadigan rakursli shamol oynasi, tutqichsiz eshiklar, juda ingichka faralar va oynalar o‘rniga kameralar bilan ajralib turadi. Orqa chiroqlari esa hozirgi Kia modellarini eslatadi.

Salon esa lounge uslubida yaratilgan, ya’ni orqa va old o‘rindiqlar keng, shift esa to‘liq shisha bo‘lib, ichkariga yanada kenglik beradi. Markazda yoke-uslubdagi rul o‘rnatilgan bo‘lib, uchta rejim taklif etiladi: Speedster, Dreamer va Gamer. AR-proyeksiya oynada barcha kerakli ma’lumotlarni aks ettiradi.

Texnik ma’lumotlar hali ochiqlanmagan, ammo u to‘liq elektromobil bo‘lishi kutilmoqda. Agar ishlab chiqarishga kirsa, Tesla Model S yoki Porsche Taycan’ga raqobatchi bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Kia kompaniyasi o‘zining eng ixcham krossoveri Seltos’ning yangi avlodini 10-dekabr kuni taqdim etishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, model to‘liq qayta ishlangan, dizayni o‘zgacha, texnologiyalari zamonaviyroq bo‘lib, ilk bor gibrid dvigatel ham taklif qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek