Yaponiya Markaziy Osiyo bilan diplomatik aloqalarni faollashtirmoqchi

Yaponiya hukumati Markaziy Osiyoning besh davlati bilan Tokioda sammit o‘tkazish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Nippon ma’lum qildi.
Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi (LDP) vitse-prezidenti Taro Aso ushbu rejalarni partiyaning Yaponiya va Osiyo davlatlari o‘rtasidagi do‘stlikni targ‘ib qiluvchi deputatlar yig‘ilishida e’lon qildi. Rejaga ko‘ra, tadbir davomida Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari o‘rtasida alohida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘rib chiqilmoqda.

«So‘nggi olti oy ichida Rossiya, Xitoy, AQSh va boshqa davlatlar Markaziy Osiyo davlatlari bilan sammitlar o‘tkazdi. Yaponiyaning ham bunday sammitlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishi diplomatik nuqtayi nazardan o‘ta muhimdir», — dedi Aso yig‘ilishda.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya va Markaziy Osiyo sammiti dastlab o‘tgan yilning avgust oyida Qozog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq o‘sha vaqtdagi Bosh vazir Fumio Kisida sammitni bekor qilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Namangan Yaponiya bilan 50 million dollarlik shartnomalar imzolagani haqida xabar bergan edi.