YouTube rahbari Nil Moxan yilning eng yaxshi bosh direktori deb topildi

eʼlon qilindi
Uning rahbarligida platforma 2024-yilda reklamadan $36 mlrd, obuna xizmatlaridan esa qariyb $14 mlrd ishlab topdi
Foto: Mint

YouTube bosh direktori Nil Moxan Time jurnali tomonidan 2025-yilning Eng yaxshi bosh direktori (CEO of the Year) deb e’tirof etildi. Bu haqda Time nashri xabar bermoqda.

Nil Moxan YouTube’ni 2023-yildan beri boshqarib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida platforma striming, televideniye va podkastlar yo‘nalishida o‘z pozitsiyalarini keskin mustahkamladi. Shorts qisqa videolari foydalanuvchilari soni esa oyiga 2 mlrd nafarga yetdi. Shuningdek, YouTube sport tadbirlari va jonli translyatsiyalar uchun asosiy maydonlardan biriga aylandi.

Foto: Time

Kompaniya kontent mualliflariga e’tiborni kuchaytirib, videolarni yaratish, tarjima qilish va montaj jarayonlari uchun sun’iy intellekt vositalarini faol joriy etmoqda. Time nashrining ta’kidlashicha, Moxan davrida YouTube shunchaki videolarni joylash sayti emas, global media sanoatining ulkan ekotizimiga aylangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YouTube Yil yakunlari funksiyasini ishga tushirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek