
11-dekabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 020,90 so‘m (+17,72 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
1-dekabr kuni valyuta kursi 11 940,95 so‘m etib belgilandi va oldingi kunga nisbatan 38,65 so‘mga oshdi.
2-dekabrda vaziyat o‘zgardi. Dollar 11 895,57 so‘mga tushib, kunlik hisobda 45,38 so‘m pasaydi. 3-dekabr kuni kurs pasayishda davom etdi va 11 880,93 so‘mni tashkil etdi. Bu kunda dollar yana 14,64 so‘mga arzonlashdi.
4-dekabrda bozor yo‘nalishini o‘zgartirdi. AQSh valyutasi yana mustahkamlanib, 11 912,38 so‘mga chiqdi. Kunlik o‘sish 31,45 so‘m bo‘ldi. 5-dekabr kuni esa haftadagi eng katta ko‘tarilish qayd etildi. Dollar 50,85 so‘mga oshib, 11 963,23 so‘m darajasiga yetdi. 9-dekabr kuni dollar 11 990,09 so‘m (+26,86 so‘m), 10-dekabrda esa 12 003,18 so‘m (+13,09 so‘m) edi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 1,41 so‘mga oshib, 13 988,72 so‘mni, rubl esa 1.19 so‘mga pasayib, 155,49 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq hafta davomida dollar qanchaga oshgani haqida yozgan edik.