Gadjetlar

2025-yil yakuni bo‘yicha eng yaxshi smartfonlar e’lon qilindi

Eng muvaffaqiyatsiz deb topilgan model iPhone 16e
2025-yil yakuni bo‘yicha eng yaxshi va eng yomon smartfonlar e’lon qilindi
2025-yil yakuni bo‘yicha eng yaxshi va eng yomon smartfonlar e’lon qilindi / Foto: depositphotos

MKBHD texnokanali 2025-yil yakunlari bo‘yicha eng yaxshi smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda yil davomida sinovdan o‘tgan o‘nlab modellardan turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar tanlandi.

Ular orasida iPhone 17 Pro bironta ham nominatsiya olmagan, lekin Apple baribir boshqa to‘rtta nominatsiyada g‘olib bo‘lgan.

Reytingga ko’ra, «Yil smartfoni» deb iPhone 17 tanlandi va u «eng muvozanatli va foydali tanlov» deya qayd etildi. Eng muvaffaqiyatsiz deb topilgan model esa iPhone 16e. 2025-yilning MKBHD bo‘yicha g‘oliblari quyidagicha:

Yil smartfoni — iPhone 17

Foto: GSMArena

iPhone 17 reytingda eng ko‘p yaxshilangan model sifatida ham qayd etilgan. U 177 gramm, qalinligi 7,2 mm. Qurilma Ceramic Shield 2 bilan himoyalangan, bu esa oldingi avloddan uch barobar mustahkamroq. Burchaklari yumaloqlashtirilgan, tekis ramkasi esa qo‘lda ushlashni yanada qulaylashtiradi.

Apple iPhone 17 yangi A19 chipiga ega, 8 GB tezkor xotira va NVMe saqlash tizimi bilan birga ishlaydi. iOS optimizatsiyasi tufayli oddiy vazifalar ham, og‘ir grafikaga ega o‘yinlar ham muammosiz bajariladi.

Eng yaxshi kamera — OPPO Find X9 Pro

Foto: Oppo

Smartfon 6,78 dyuymli LTPO OLED 1,5K displeyga ega bo‘lib, keng ko‘rish burchaklari bilan ajralib turadi. Old kamerasi 50 megapikselli, asosiy tizim esa to‘rtta moduldan iborat bo‘ladi. Ular orasida 50 megapikselli keng burchakli sensor, HP5 F2.1 asosidagi 200 megapikselli periskop kamera, 50 megapikselli ultra-keng modul va 2 megapikselli yordamchi kamera mavjud.

Eng yaxshi katta smartfon — Xiaomi 17 Pro Max

Xiaomi 17
Foto: Xiaomi

Xiaomi 17 Pro Max ekranining diagonali 6,9 dyuym, tasvir aniqligi esa 2608 x 1200 piksel. Kamera blokidagi ekran esa 2,86 dyuymni tashkil etadi. Akkumulyator hajmi 7500 mAch bo‘lib, 50 Vt quvvatda simsiz tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Eng yaxshi ixcham smartfon — Galaxy Z Flip7

Samsung Galaxy Z Flip7
Foto: 4pda

Mazkur model kattaroq old displeyi, mustahkam korpusi va DeX funksiyasi bilan ajralib turadi. Yangi 4,1 dyuymli ekran chetidan chetigacha cho‘zilib, selfi va vlog olishni osonlashtiradi.

50 MP kamera turli sharoitda yaxshi suratga oladi, ayniqsa, kam yorug‘likda ham sifatli kadr beradi. Endi Flip 7’ni tashqi monitorga ulab, ish stoli rejimida ham ishlatish mumkin.

Eng yaxshi narx-foyda nisbati — CMF Phone 2 Pro

CMF Phone 2 Pro arzon, ammo kamerasi kuchli smartfon. Korpus modulli va matdan iborat. Orqa qopqoqka turli aksessuarlarni mahkamlash mumkin.

Ekrani 6,77 dyuym AMOLED, 120 Hz yangilanishga ega. Yorqinligi 3000 nit. Unda MediaTek Dimensity 7300 Pro chipi o‘rnatilgan. Kamerasi 50+50+8 MP va 16 MP old kamera. 2x optik zoom ham bor. Batareya 5000 mA·soat, 33 vatt tezkor quvvatlash.

Eng yaxshi batareya davomiyligi — OnePlus 15

OnePlus 15
Foto: GSMArena

Batareya sig‘imi 7300 mA/soat, simli zaryadlash quvvati 120 Vt, simsiz zaryadlash esa 50 Vt bo‘ladi. Qurilmada simmetrik dinamiklar, ultratovushli barmoq izi skaneri, kuchli vibratsiya dvigateli va USB 3.2 Gen 1 porti mavjud.

Eng yaxshi dizayn — iPhone Air

iPhone Air
Foto: Palach

Smartfonning korpusi Grade 5 titandan, ekrani esa Ceramic Shield 2-avlod oynasi bilan himoyalangan. Dizayni ham minimalist va nafis.

«Hech qanday baland ovozli, yorqin ranglar yo‘q. Hammasi sodda va chiroyli, xuddi avvalgi flagmanlardagidek», – deydi ekspert Artem Bausov.

6,5 dyuymli ekran Pro-modellardagidek – ProMotion, 3000 nit yorqinlik va Dolby Vision qo‘llab-quvvatlanadi. A19 Pro chipi zamonaviy o‘yinlarni tezkor ishga tushiradi, faqat kamera joylashgan yuqori qismi biroz qiziydi.

Eng yaxshi bukiladigan smartfon — Galaxy Z Fold7

Samsung Galaxy Z Fold7
Foto: SoyaSinsau

Samsung Galaxy Z Fold7 nomi bilan chiqqan model juda yupqa dizaynga ega. Kompaniya uni «eng yupqa, eng yengil va eng mukammal bukiluvchi model» deb atadi.

«Bu yil bu yo‘ldagi ishlarimiz yangi bosqichga chiqdi. Yangi Galaxy Z seriyasi puxta o‘ylangan va mustahkam qurilgan», – deya ta’kidladi Samsung.

Yilning eng muvaffaqiyatsiz smartfoni — iPhone 16e

iPhone 16e
Foto: CNN

Reytingda mazkur smartfon eng muvaffaqiyatsiz deya ta’riflangan. Shunga qaramay, u bozorda muvaffaqiyatli sotildi. Analitik kompaniya Counterpoint Research 2025-yilning uchinchi choragi bo‘yicha dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfonlar ro‘yxatida iPhone 16 birinchi o‘rinni egalladi.

Avvalroq 2025-yilning uchinchi choragida eng ko‘p sotilgan smartfonlar e’lon qilingandi.