AQShda Starlink uskunalari arzon narxda sotilmoqda — 90 dollardan

eʼlon qilindi
Bu Starlink paydo bo‘lganidan beri eng past narx hisoblanadi
Foto: DISHYtech

SpaceX AQSh bo‘ylab o‘rnatilgan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kiosklari orqali Starlink qurilmalarini rekord darajada arzon narxda sotishni boshladi. Bu haqda NoteBook Check nashri xabar berdi.

Ayova shtatidagi Des-Moines shahrida joylashgan Jordan Creek Mall savdo markazida Starlink avtomati paydo bo‘lgani kuzatildi. Eng qiziq tomoni Standart Kit atigi $90 ga sotilmoqda, bu Starlink paydo bo‘lganidan beri eng past narx hisoblanadi.

Odatdagi bepul ijara tizimidan farqli ravishda, bu uskunalar xaridorning o‘zida qoladi. Avtomatda shuningdek, qo‘shimcha uskunalar — o‘rnatish moslamalari va routerlar ham taklif etiladi.

SpaceX xaridorlar uchun yana bir taklifni yo‘lga qo‘ydi: agar foydalanuvchi bir hafta ichida xizmatni faollashtirsa, $100 lik bonus beriladi. Bu esa deyarli qurilmaning narxini qoplaydi va uni bepul olishni ta’minlagan bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan SpaceX 800 milliard dollargacha baholanishi mumkin bo‘lgan IPO’ni ko‘rib chiqayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek