Banklar va moliya

Banklarda mikroqarzlar bo‘yicha foiz stavkalari qancha

8-dekabr holatiga ko‘ra
O‘zbekistonda amaldagi eng kam miqdorlar qancha
Banklarda mikroqarzlar bo‘yicha foiz stavkalari qancha / Foto: Ijtimoiy tarmoq

8-dekabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 31,7 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,5 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 21,8 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «Anorbank» – 40,9%;
  • «Tenge bank» – 40%;
  • «Ipoteka bank» – 38%;
  • «TBC bank» – 36,1%;
  • «Ipak yuli banki» – 36,1%.

Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:

  • «Madad Invest bank» – 22,6%;
  • «Aloqabank» – 23%;
  • «Trast bank» – 23,9%;
  • «Infinbank» – 24,9%;
  • «Milliy bank» – 25,6%.

Avtokreditlar

Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi ham 23,5 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,5 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 21,8 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:

  • «Ipoteka bank» – 20%;
  • «Garant bank» – 20,3%;
  • «Davr bank» – 20,3%;
  • «Hamkorbank» – 20,7%;
  • «Infinbank» – 21,3%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Trast bank» – 26,6%;
  • «Mikrokreditbank» – 25,9%;
  • «Asakabank» – 25,5%;
  • «Aloqabank» – 25,3%;
  • «Turon bank» – 24,7%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-dekabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilingani haqida yozgandi