Centrum Air ikkita yangi Airbus A321neo samolyoti sotib oladi

eʼlon qilindi
Samolyotlar 2027-yilning to‘rtinchi choragida yetib keladi
Centrum Air ikkita yangi Airbus A321neo samolyoti sotib oladi / Foto: Centrum Air

Centrum Air aviakompaniyasi AerCap kompaniyasi bilan ikkita yangi Airbus A321neo samolyotini lizingga olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Samolyotlar 2027-yilning to‘rtinchi choragida yetib kelishi kutilmoqda. AerCap kompaniyasining tijorat direktori Piter Andersonning so‘zlariga ko‘ra, Centrum Air O‘zbekistondan birinchi mijoz bo‘ldi.

«Yuqori samaradorlik va kengaytirilgan parvoz masofasiga ega A321neo samolyotlari bizga yo‘lovchilarga ko‘proq qulaylik va yangi yo‘nalishlarni taklif qilish imkonini beradi. Shuningdek, O‘zbekistonga jahon bozori bilan aloqalarini mustahkamlashda ko‘maklashadi» ,— deydi Centrum Holding boshqaruvi raisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmanov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air’ning 2026-yilda Frankfurt va Kopengagenga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek