
Tesla bosh direktori Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ostidagi Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) faoliyatini «biroz muvaffaqiyatli» deb baholadi va kelajakda ushbu loyihaga qayta rahbarlik qilmasligini bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Ilon Mask sobiq amaldor Keyti Miller bilan bo‘lib o‘tgan podkastda hukumatdagi roli unga va Tesla brendiga nisbatan noroziliklarni keltirib chiqarganini aytdi.
«DOGE bilan shug‘ullanish o‘rniga, men asosan o‘z kompaniyalarim ustida ishlaganimda edi, ular mashinalarni yoqib yubormagan bo‘lardi», — dedi Mask Tesla avtomobillari bilan yuz bergan holatlariga ishora qilib.

Milliarder ushbu loyihaga qaytish niyati yo‘qligini qat’iy ta’kidladi. Mask boshchiligidagi DOGE jamoasi Trampning ikkinchi muddatining dastlabki besh oyida federal byudjet va shtat qisqartirishlari ustida ishlagan edi. Biroq siyosiy kelishmovchiliklar fonida departament o‘z mandati tugashiga sakkiz oy qolganda tarqatib yuborildi.
DOGE vakillari o‘nlab milliard dollar tejab qolinganini da’vo qilgan bo‘lsa-da, tashqi moliyaviy ekspertlar hisobotlar yo‘qligi sababli bu raqamlarni tasdiqlay olmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Mask boshqargan departament muddatidan oldin tugatilgani haqida xabar bergan edi.