JChga mezbonlik qiladigan shaharlarda mehmonxonalar narxi oʻrtacha 300 foizdan koʻproqqa oshdi

10-dekabr 2025 18:01 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: CoStar

AQSh, Kanada va Meksikada 2026-yilgi Jahon chempionati jadvali tasdiqlangach, 16 ta mezbon shaharlardagi mehmonxonalar narxi keskin oshdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Ochilish o‘yinlari atrofida bir tunlik o‘rtacha narx $1013 tashkil etgan, vaholanki, xuddi shu mehmonxonalarda uch hafta oldin bu ko‘rsatkich $293 edi. Eng keskin o‘sish Meksika poytaxtida qayd etilgan: Le Meridien mehmonxonasida odatda $157 bo‘lgan xona narxi Meksika va Janubiy Afrika o‘yini kunlarida $3,8 minggacha ko‘tarilgan.

Foto: The Athletic

AQShning Xyuston (457 foiz), Kanzas-Siti (364 foiz) va Nyu-York (228 foiz) hududlarida ham narxlar sezilarli darajada oshgan. Final o‘yini bo‘lib o‘tadigan MetLife stadioni yaqinidagi ba’zi mehmonxonalarda narxlar 500 foizgacha qimmatlashgan. Taqqoslash uchun, 2024-yilgi Parij Olimpiadasida xona narxlari o‘rtacha 141 foizga oshgan edi.

MetLife stadioni / Foto: The Athletic

Talab yuqoriligi sababli ko‘plab mehmonxonalar allaqachon to‘liq band qilingan. Xususan, Kanzas-Sitidagi 35 ta mehmonxonada bo‘sh joy qolmagani xabar qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonning «JCh – 2026»dagi raqiblari ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek