
O‘zbek milliy taomlari orasida o‘ziga xos o‘rin tutadigan ko‘k somsa doim bahor nafasini eslatib turadi. Somsa xamirini maxsus qatlamlab tayyorlash esa ko‘pchilikka qiziq bo‘lgan usul bo‘lib, taomning yanada mayin va qat-qat bo‘lib pishishini ta’minlaydi.
Kursiv Uzbekistan oshxonangizda ko‘k somsa tayyorlash uchun retsepti bilan mehmoningiz bo‘ladi.
| Bo‘lim | Masalliqlar | Miqdori |
|---|---|---|
| Xamir | Un | 400 g |
| Iliq suv | 120 ml | |
| Tuxum | 1 dona | |
| Margarin | 200 g | |
| Tuz | 1,5 choy qoshiq | |
| Asos | Ismaloq | 2 bog‘ |
| Jag‘-jag‘ | 2 bog‘ | |
| Yalpiz | 100 g | |
| Mator ko‘kati | 1 bog‘ | |
| Piyoz | 2 bosh | |
| O‘simlik yog‘i | 20 ml | |
| Dumba yog‘i | 100 g |
Qadam-baqadam tayyorlash jarayoni
1-qadam: Un, tuxum va tuzli suvni birlashtirib, qattiqroq xamir qoriladi.
2-qadam: Xamir yaxshilab mushtlanadi va 30 daqiqa dam olishga qo‘yiladi.
3-qadam: Dam olgan xamir lagan kattaligida yoyiladi, o‘rtasiga yumshatilgan sariyog‘ qo‘yilib, konvert shaklida buklanadi. Yarim soatga sovitkichga qo‘yiladi.
4-qadam: Xamir yana yoyilib, qayta konvert shaklida buklanadi va 3 soatga sovitkichga qo‘yiladi. Bu jarayon kamida uch marta takrorlansa, xamir yanada qatlamli bo‘ladi. Bir kechaga qoldirilsa, yanada mukammal natija beradi.
5-qadam: Somsa uchun asos tayyorlanadi: ko‘katlar mayda qilib to‘g‘raladi, piyoz va dumba yog‘i kubik shaklida kesiladi. Hammasi bir idishda aralashtirilib, ziravorlar qo‘shiladi.
6 – 7-qadam: Xamir ikki bo‘lakka bo‘linadi, har biri yoyilib, rulet kabi o‘raladi va 2 sm qalinlikda kesiladi.
8 – 9-qadam: Kichik zuvalachalar yoyiladi, ustiga ikki qoshiqdan ko‘katli aralashma solinib, aylana shaklida tugiladi.
10 – 11-qadam: Somsalar cho‘pchaga teriladi yoki bevosita patnisga joylanadi.
Ustiga tuxum sarig‘i surtib, sedana sepiladi.
12-qadam: 220°C darajada qizdirilgan pechda 30 daqiqa pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!