
Yangi Motorola Edge 70 Ultra smartfoni stilus qo‘llab-quvvatlashi bilan taqdim etiladi. Bu haqda Android Headlines xabar bermoqda.
Qurilma shu yo‘l bilan Galaxy S25 Ultra va kutilayotgan S26 Ultra modellari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatga kirishadi. Android Headlines manbalarining xabar berishicha, Motorola Moto G Stylus liniyasida to‘plangan tajribani flagman segmentga ko‘chirmoqchi. Bunda smartfon Snapdragon 8 Gen 5 platformasiga asoslanadi. Ushbu protsessor eng yuqori unumdorlikni ta’minlashi kutilmoqda.
Hozircha stilus qanday amalga oshirilishi ochiqlanmagan. Qurilmaga stylus ichki korpusga joylashtirilishi mumkin. Yoki u tashqi aksessuar sifatida alohida taqdim etilishi ehtimoli ham bor.
Avvalroq chiqarilgan Edge 70 modeli 6 mm qalinlikka ega bo‘lsa-da, stilus funksiyasiga ega emas. Shu bilan birga, Edge 70 Ultra allaqachon Geekbench bazasida Snapdragon 8 Gen 5 chipi bilan paydo bo‘lgan.
Motorola Edge 70 Ultra’ning rasmiy taqdimoti 2026-yil boshida, Galaxy S26 Ultra debyutidan ko‘p o‘tmay bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Motorola Edge 70 smartfonining maxsus versiyasi taqdim etilgani haqida yozgan edi.