O‘zbekiston 10 oyda 15,6 mln dollarlik chinni import qildi

eʼlon qilindi
Chinni mahsulotlari importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,3 foizga oshdi
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

2025-yilning yanvar – oktabr oylarida O‘zbekistonga 41 ta xorijiy davlatdan umumiy qiymati $15,6 mlnga teng bo‘lgan chinni mahsulotlari import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Import mahsulotlar qiymati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 33,3 foizga o‘sganini ko‘rsatmoqda. Asosiy yetkazib beruvchi davlat Xitoy bo‘lib, ushbu davlatdan $13,1 millionlik mahsulot olib kelingan.

Keyingi o‘rinlarni Turkiya ($896,1 ming), Rossiya ($355,7 ming), Germaniya ($265,9 ming) va Italiya ($200,7 ming) band etgan. Shuningdek, boshqa davlatlardan jami $843,9 minglik chinni mahsulotlari import qilingan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonga dengiz mahsulotlari importi 23 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek