Yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-yanvargacha
Rasm: Apkpure

O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan barcha yuridik shaxslar 2026-yil 1-yanvargacha elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun yagona QR-kod joriy etiladi. Bu prezident farmonida belgilandi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab banklar tomonidan shakllantiriladigan yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tartibi amaliyotga kiritiladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-iyuldan boshlab:

  • barcha savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida yagona QR-kod orqali to‘lov qabul qilish majburiy bo‘ladi;
  • QR-koddan foydalanmaslik savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi.

Farmonda tashqi savdo bilan bog‘liq tartiblarga ham o‘zgartirish kiritildi. 2026-yil 1-yanvardan bir xil turdagi tovarlar uchun muvofiqlik va ekologik sertifikatlar bir marta va 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.

2026-yil 1-martdan esa soliq organlari xodimlari hamda Navoiy va Chirchiq shaharlari aholisi jismoniy shaxs sifatida yillik daromad deklaratsiyasini tajriba-sinov tariqasida topshirishni boshlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dafn etish ishlarini raqamlashtirish joriy qilinishi haqida yozgandi.

Shuningdek