
Paragvay Respublikasi prezidenti Santyago Penya 11 – 13-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Muzokaralarda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida amaliy sheriklikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Tashrif doirasida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Paragvay o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy hamda gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Shuningdek, Santyago Penya Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida va federatsiya qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tkaziladigan musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimida ham ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-Yorkning amaldagi meri Erik Adams besh kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edik.