Qamchiq dovonida harakat vaqtincha to‘xtatildi

eʼlon qilindi
10-dekabr kuni soat 02:30 dan boshlab
Qamchiq dovonida harakat vaqtincha to‘xtatildi / Foto: YHXX

Ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi va kuchli qor yog‘ishi sababli Qamchiq dovonida transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, hududda ko‘chki xavfi yuzaga kelgani inobatga olinib, 10-dekabr kuni soat 02:30 dan boshlab dovondan o‘tish cheklangan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan dovon yo‘lining qayta ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonida qor yog‘gani sabab ehtiyot choralari kuchaytirilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek