Yangiliklar

Samarqandda ombor mudiri 283,6 million so‘mlik mahsulotlarni talon-toroj qildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqandda ombor mudiri 283,6 million so‘mlik mahsulotlarni talon-toroj qildi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Samarqand viloyatida tadbirkorga tegishli yirik miqdordagi parfyumeriya mahsulotlarini o‘zlashtirish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, MChJ shaklidagi xorijiy korxonaning Samarqand filiali ombor mudiri o‘ziga ishonib topshirilgan va moddiy javobgarligida bo‘lgan 123 turdagi, umumiy qiymati 283,6 mln so‘mlik parfyumeriya mahsulotlarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir nechta viloyatlarda kuchli ta’sirga ega dorilar savdosiga chek qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.