SpaceX IPO orqali 25 mlrd dollardan ortiq mablag‘ jalb qilishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Bu jarayonda kompaniyaning umumiy qiymati $1 trlndan oshishi kutilmoqda
Foto: The Information

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi 2026-yilda aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) orqali $25 mlrddan ziyod sarmoya jalb qilmoqchi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, SpaceX allaqachon banklar bilan ommaviy listing bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. Jarayon 2026-yilning iyun yoki iyul oylarida amalga oshishi mumkin. Hozirga qadar faqat Saudi Aramco kompaniyasi IPO vaqtida $1 trlnlik marrani zabt etgan (2019-yilda 1,7 trln).

Jalb qilingan mablag‘lar koinotda joylashgan ma’lumotlar markazlarini rivojlantirish va ularni ishlatish uchun zarur bo‘lgan chiplarni xarid qilishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Ilon Mask bu g‘oyaga Baron Capital tadbirida qiziqish bildirgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya daromadi 2025-yilda $15 mlrdni, 2026-yilda esa $22–24 mlrd tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Asosiy daromad manbai Starlink loyihasi bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Mask DOGE loyihasiga qayta rahbarlik qilmasligini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek