Yangiliklar

Toshkentda 7 oylik chaqaloqqa jigar ko‘chirib o‘tkazildi — video

Operatsiyada ona o‘z jigarining parchasini bolasiga berdi
Toshkentda 7 oylik chaqaloqqa jigar ko‘chirib o‘tkazildi
Toshkentda 7 oylik chaqaloqqa jigar ko‘chirib o‘tkazildi / Foto: depositphotos

Bolalar milliy tibbiyot markazi shifokorlari yetti oylik chaqaloqqa jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Operatsiyada ona o‘z jigarining parchasini bolasiga berib, farzandiga ikkinchi bor hayot baxsh etdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/12/no-comment-jigar-new.mp4
Video: SSV

Vazirlik bunday murakkab amaliyot dunyoning faqat ayrim davlatlarida yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi.

Bundan oldin Toshkent viloyatida Siam egizaklar noyob operatsiya orqali ajratib olingandi. Homiladorlikning 33 – 34-haftasida kesarcha kesish yo‘li bilan muddatidan oldin tug‘ilgan Siam egizaklar tug‘uruqdan to‘qqiz soat o‘tib, shoshilinch tarzda murakkab jarrohlik amaliyoti orqali ajratib olindi.

Besh soat davom etgan operatsiyani respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal jarrohlik markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Ergashov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi amalga oshirdi.