Veterinariya qo‘mitasining sobiq raisi Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi

eʼlon qilindi
Bunga qadar hokim lavozimida Madirimov Doniyor Mamatsalievich ishlab kelgan edi
Veterinariya qo‘mitasining sobiq raisi Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi / Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Bahromjon Turaevich Norqobilov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisligidan ozod etilib, Ohangaron tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Unga ko‘ra, Ohangaron tumanida Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya doirasida tuman hokimi lavozimida ishlagan Madirimov Doniyor Mamatsalievich o‘z vazifasidan ozod etildi. Madirimov ushbu lavozimga 2024-yilning may oyida tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xovos va Marhamat tumanlariga yangi hokimlar tayinlangan edi.

Shuningdek