Xiaomi kompaniyasi Xiaomi, Redmi va Poco’ning 15 ta modeli uchun Android 15 asosidagi HyperOS 3 tizimining ichki barqaror test sinovlarini boshladi. Bu haqda XiaomiTime xabar bermoqda.
Ichki test dasturiga kiritilgan qurilmalar orasida Xiaomi 12T Pro, Xiaomi 12S Ultra, Xiaomi 13 Lite, MIX Fold 2, Redmi Note 13 5G, Poco F5 hamda Poco F5 Pro bor. Ushbu modellarda allaqachon barqaror yig‘malar sinovdan o‘tkazilmoqda va agar jarayon davomida jiddiy texnik nosozliklar aniqlanmasa, ommaviy yangilanish tez orada taqdim etiladi.
To‘liq testdan o‘tayotgan qurilmalar ro‘yxati quyidagicha shakllantirilgan:
| Brend | Model | Android versiyasi |
|---|---|---|
| Xiaomi | 12T Pro | Android 15 |
| Xiaomi | 12S Ultra | Android 15 |
| Xiaomi | 12 Pro | Android 15 |
| Xiaomi | 12S Pro | Android 15 |
| Xiaomi | 12S | Android 15 |
| Xiaomi | 13 Lite | Android 15 |
| Xiaomi | MIX Fold 2 | Android 15 |
| Xiaomi | Civi 3 | Android 15 |
| Xiaomi | Pad 6 Pro | Android 15 |
| Xiaomi | Pad 6 Max | Android 15 |
| Redmi | K60 Pro | Android 15 |
| Redmi | Note 13 5G | Android 15 |
| Redmi | Note 12T Pro | Android 15 |
| Poco | F5 | Android 15 |
| Poco | F5 Pro | Android 15 |
HyperOS 3 yangilanishlarining global jadvaliga ko‘ra, eng ommabop modellar — Xiaomi 12T Pro, Xiaomi 12S Ultra, Xiaomi 12 Pro, Xiaomi 13 Lite, Redmi Note 13 5G va Poco F5 hamda F5 Pro qurilmalari yakuniy Android 15 asosidagi HyperOS 3 versiyasini dekabr oyidan boshlab ola boshlaydi. Yangilanishlar bosqichma-bosqich tarqatiladi va butun jarayon 2026-yil mart oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, eski smartfonlarda HyperOS 3 Android 15 asosida ishlashiga qaramay, tizim funksiyalari deyarli yangi — Android 16 ga mo‘ljallangan HyperOS 3 bilan bir xil bo‘ladi. Yangilanish interfeys tezligi, xavfsizlik imkoniyatlari va tizim barqarorligini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda.
Esklatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Redmi Note 15 seriyasi Yevropada savdoga chiqqani haqida yozgan edi.