
Xitoyda Xiaomi SU7 avtomobili «avtoparkovka» rejimida suv havzasiga tushib ketayotgani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Lavhaga ko‘ra, mashina egalaridan biri tushib chiqqach, avtomobil old tomoni bilan hovuz tomonga yurib bordi va bamperi suvga tegganida to‘xtadi.
Mutaxassislar bunday joy standart joylashtirish hududiga kirmagani sabab tizim bo‘sh maydonni noto‘g‘ri talqin qilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
Hodisa Xiaomi 26-noyabrda SU7 uchun chiqargan yangi HyperOS 1.11.0 yangilanishidan keyin kuzatilgan. Yangilanish avtomobilni avtomatik joylashtirish va joylashtirish joyini aniqlash funksiyalarini yaxshilash uchun chiqarilgandi.
Texnik mutaxassislar «avtoparkovka» hali ham haydovchi mas’uliyatida ekanini eslatdi. Unga ko‘ra, standart bo‘lmagan joylar, masalan, hovuz bo‘yi yoki notekis yer, kameralar va sensorlar tomonidan bo‘sh joy sifatida qabul qilinishi mumkin.
Avvalroq Xiaomi SU7 2026 yangilangan ko‘rinishda ilk bor namoyon bo‘lgani xabar qilingandi. Yangi versiya Kirin’ning ikkinchi avlod akkumulyatori bilan jihozlanishi aytilmoqda. Bu batareya CLTC sikli bo‘yicha 800 km.dan ortiq masofani bosib o‘tishga imkon beradi. Shuningdek, 900 voltli arxitektura, Thor-U tizimli yangi chipset, ikki kamerali pnevmopodveska va lazerli radar o‘rnatilishi kutilmoqda. Biroq kuch qurilmasi o‘zgarishsiz qolishi, asosiy modernizatsiya esa elektronika va shassi boshqaruvi tomonida bo‘lishi aytilmoqda.