Xiaomi xonani 30 soniyada sovitib, 1 daqiqada isitadigan konditsionerni taqdim etdi

10-dekabr 2025 10:11 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Xiaomi

Xiaomi Xitoyda Mi Home Super Energy 2HP va 3HP nomli yangi napol konditsionerlarini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ikkala model ham 115° darajali keng havo oqimini ta’minlaydi, tezkor sovitish va isitish imkoniyatiga ega: xonani 30 soniyada sovutadi, 1 daqiqada to‘liq isitadi.

Tezlik va quvvat farqi

Model o‘rtasidagi asosiy farq — havo oqimi tezligi:

  • Super Energy 3HP: 1755 m³/soat;
  • Super Energy 2HP: 1520 m³/soat.

Yangi konditsionerlar energiya samaradorligiga urg‘u berib yaratilgan. Ular ichiga o‘rnatilgan sun’iy intellekt algoritmi elektr sarfini 30 foizgacha kamaytiradi. Qurilmalar Xitoyda 1-toifali energiya tejamkorlik standartiga mos keladi.

Konditsionerlarni Xiaomi ilovasi orqali boshqarish mumkin. HyperOS Connect texnologiyasi qurilmalarni aqlli uy ekotizimiga bemalol ulash imkonini beradi.

Narxlariga to‘xtalsak, Mi Home Super Energy 2HP — 4600 yuan (taxminan $650), Mi Home Super Energy 3HP esa 5300 yuanga (taxminan $750) baholanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi HyperOS 3 tizimi eski modellarda ham ishlashi haqida yozgandi.

Shuningdek