
Xitoy 2025-yil 9-dekabr kuni uchta muvaffaqiyatli kosmik parvozni amalga oshirib, sun’iy yo‘ldoshlar va texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi yirik yutuqqa erishdi. Bu haqda ITHome ma’lum qildi.
Pekin vaqti bilan 06:11 da Tayuan kosmodromidan Long March-6A raketasi («Chanchjen-6A») past orbitadagi 15 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi. Soat 11:41 da Jiuquan kosmodromidan Long March-4B raketasi («Chanchjen-4B») Yaogan-47 sun’iy yo‘ldoshini kosmosga jo‘natdi.
Kun so‘ngida, Pekin vaqti bilan 23:08 da Sichan kosmodromidan Long March-3B raketasi («Chanchjen-3B») Communication Technology Experiment Satellite-22 sun’iy yo‘ldoshini belgilangan orbitaga chiqardi. Bu Long March raketalari oilasining 615-parvozi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Shenzhou-21 kosmik missiyasini ishga tushirgani haqida xabar bergan edik.