YChL: «Barselona» va «Atletiko»dan irodali g‘alaba, «Chelsi» esa mag‘lubiyatga uchradi

10-dekabr 2025 10:50 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: UEFA

UEFA chempionlar ligasining 6-tur bahslari kambeklarga boy o‘tdi. Beshta uchrashuvda hisobda ortda borayotgan jamoalar yakunda g‘alaba qozondi. «Liverpul» safarda «Inter»ni, «Barselona» esa o‘z maydonida «Ayntraxt»ni mag‘lub etgan bo‘lsa, «Chelsi» o‘z uyida «Atalanta»ga imkoniyatni boy berdi.

«Liverpul» Milanda kechgan bahsda Muhammad Salohsiz harakat qildi va Dominik Soboslaining penaltidan kiritgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Inter» esa jarohatlar tufayli birinchi bo‘limdayoq ikki o‘zgarishni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Hisob o‘yin yakunigacha o‘zgarmadi.

5-turda «Chelsi»ga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin ketma-ket g‘alabalarga erishayotgan «Barselona» Jyul Kundening uch daqiqa ichida urgan ikkita goli evaziga «Ayntraxt» ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Gollarga Reshford va Yamal assistentlik qilishdi.

Myunxenning «Bavariya» klubi «Sporting»ni 3:1 hisobida yengdi. O‘yindagi asosiy voqealar ikkinchi taymda sodir bo‘ldi. Dastlab Yozua Kimmix o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Bu golga «Bavariya» Gnabri, 17 yoshli Lennart Karl va Jonatan Taaning gollari evaziga javob berdi.

«Tottenhem» o‘z uyida «Slaviya» darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi. Dastlab mehmonlar futbolchisi avtogol bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Mummad Kudus va Xavi Simonslar penaltidan gol kiritib hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Londonning boshqa bir klubi «Chelsi» esa mexmonda «Atalanta»ga 2:1 hisobida yutqazib, g‘alabasiz seriyasini to‘rt o‘yinga yetkazdi. Joao Pedro birinchi taymda hisobni ochdi. Mezbonlar esa Skamakka va de Ketelarining gollari bilan javob berdi.

Ispaniyaning «Atletiko» klubi «PSV» mexmoni bo‘lib irodali g‘alabaga erishdi. «PSV» futbolchisi Til aniq zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, madriliklar safida Alvarez, Gansko va Sorlot gol muallifiga aylandi. o‘yin so‘ngida Pepi hisobni qisqartirib, hisobni 2:3 ko‘rinishida bo‘lishini taminladi.

Belgiyada kechgan mahalliy «Yunion» va «Marsel» o‘rtasidagi bahs ham gollarga boy bo‘ldi. Mezbonlarning isroillik futbolchisi Xalayliy hisobni ochdi, bu golga «Marsel» uch gol bilan javob berdi. Igor Payshao va Meyson Grenvud o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Qozog‘istonning «Qayrat» klubi «Olimpiakos»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, darvozabon Temirlan Anarbekov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U yettita seyv amalga oshirdi va bu nomga sazovor bo‘lgan ilk qozog‘istonlik futbolchi bo‘ldi.

Turning so‘nggi o‘yini Fransiyada bo‘lib o‘tdi. «Monako» o‘z maydonida «Galatasaroy»ni qiyinchilik bilan 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindagi yagona gol Folarin Balogun tomonidan kiritildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UEFA Chempionlar ligasining 5-tur o‘yinlarining natijalari haqida xabar bergan edi.

Shuningdek