
UEFA Chempionlar ligasining 6-turi doirasida «Arsenal» mehmonda Belgiyaning «Bryugge» klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Noni Madueke dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Gabriel Martinelli mualliflik qildi.
O‘yin londonliklarning to‘liq ustunligi ostida boshlanib, 25-daqiqada Noni Madueke hisobni ochdi. Jamoalar tanaffusga shu natija bilan yo‘l oldi. Ikkinchi bo‘lim avvalida, 47-daqiqada Madueke Martin Subimendi uzatmasidan so‘ng o‘zining ikkinchi golini urib, oradagi farqni oshirdi.
Oradan to‘qqiz daqiqa o‘tib, 56-daqiqada Gabriel Martinelli hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi (0:3). O‘yin davomida hakam Kristian Nergor va «Arsenal» himoyachisi Ben Uaytga sariq kartochka ko‘rsatdi. Mikel Arteta shogirdlari ushbu ishonchli g‘alaba orqali turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YChLning o‘tgan turida «Arsenal» «Bavariya» ustidan ishonchli g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edi.
