Avtomobil yuvish xizmatlari narxi bir yilda 9,4 foizga oshdi

11-dekabr 2025 10:15 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Avtomobil yuvish xizmatlari narxi bir yilda 9,4 foizga oshdi
Avtomobil yuvish xizmatlari narxi bir yilda 9,4 foizga oshdi / Foto: depositphotos

2025-yil noyabr oyida shaxsiy avtomobillarni yuvish xizmatlari narxi oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,6 foizga ko‘tarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Mazkur xizmatlar narxi yil boshidan beri 7,4 foizga oshgan. O‘tgan yilning shu davriga taqqoslaganda esa narxlar 9,4 foizga qimmatlashgani qayd etildi.

Bundan oldin qishda mashina oynasidagi muzni eritish uchun noodatiy usul tavsiya qilingandi. Britaniyada haydovchilarga juda g‘alati, lekin foydali usul tavsiya qilindi. Express nashriga ko‘ra, ular avomobil oynasini bodring bilan artadi.

Mutaxassislarning aytishicha, bodring tarkibidagi tabiiy yog‘lar oynada ingichka himoya qatlam hosil qiladi. Bu qatlam suvni itarib yuboradi va kondensat kamroq to‘planadi. Natijada oyna kamroq muzlaydi va tezroq tozalanadi.

Shuningdek