Bugun havodagi chang zarrachalari miqdori ortishi mumkin — «O‘zgidromet»

eʼlon qilindi
Tuman hodisasi sababli
28-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Bugun havodagi chang zarrachalari miqdori ortishi mumkin / Foto: Sun’iy intellekt

Bugun, 11-dekabr kuni poytaxt va ayrim viloyatlarda tuman hodisasi sababli havodagi mayda dispers zarrachalar (PM2,5, PM10) miqdori oshishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.

Mutaxassislarning izohiga ko‘ra, tuman hodisasi sovuq va nam havo massalarining mamlakat hududiga kirib kelishi natijasida yuzaga kelgan. Shuningdek, mamlakat hududiga kirib kelayotgan chang zarrachalarining taxminan 55 – 60 foizi tashqi hududlardan keladi. Oxirgi kunlarda shamol tezligi past bo‘lgani, inversiya jarayonlari yuzaga kelgani va tuman hodisasi davom etayotgani sababli chang zarrachalari havo qatlamida turib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 11-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqidagi agentlik prognozini e’lon qilgan edik.

Shuningdek