
Chery kompaniyasi Xitoy bozorida yangilangan Arrizo 8 Pro modelini rasman namoyish qildi. Bu haqda «Kitayski avtomobili» nashri ma’lum qildi.
Asosiy o‘zgarish — 400T versiyasiga o‘rnatilgan 2,0 litrli yangilangan dvigatel. Uning quvvati avvalgi 254 ot kuchidan 261 ot kuchiga, aylanish momenti esa 390 Nm dan 400 Nm ga oshdi. Biroq uzatma o‘zgarishsiz qolgan: 7 pog‘onali 7DCT robot transmissiyasi saqlangan.

Modelning tashqi ko‘rinishi ham biroz yangilangan. Old qismdagi ayrim elementlar qayta ishlanib, sedan Arrizo 8 liniyasining umumiy uslubini saqlagan holda zamonaviyroq ko‘rinishga ega bo‘lgan.

Xitoyda Arrizo 8 Pro narxi 147 900 yuan, bu taxminan $20,7 ming atrofida. Chery’ning yangi modeli savdo bozoriga yaqin oylar ichida chiqishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan eng ishonchli avtomobil brendlari e’lon qilingani haqida yozgandi.