Cobalt Midnight qanday yangilanishlar bilan taqdim etildi

11-dekabr 2025 14:44 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: youtube.com/@snggarageworld, foto muharriri: Serikjon Kovlanboev / Kursiv Media

O‘zbekistonlik avto­bloger «SNG Garage» Chevrolet Cobalt modelining yangi Midnight versiyasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda Kursiv Media xabar bermoqda. Tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishlar asosan kichik bo‘lsa-da, dvigatel, transmissiya, tormoz tizimi va salon sezilarli darajada yangilangan.

Dvigatel va uzatma sezilarli yumshatilgan

Kapot ostida yana 1,5 litrli atmosferali motor, biroq bloger aytishicha, u endi ancha jim va tejamkor ishlaydi. ECU qayta sozlangan, Euro-5 standartiga moslab chiqilgan.

Transmissiya ham yangilanib, uzatishlar endi tezroq va muloyim almashadi. Mashinaning dinamika ko‘rsatkichlari o‘zgarmagan bo‘lsa-da, xarakteri tinchroq va o‘zini ishonchli tutadi. ABS tizimi qayta sozlangan va tormozlanish silliqroq bo‘lgan.

Foto: youtube.com/@snggarageworld, foto muharriri: Serikjon Kovlanboev

Salon

Salon Midnight versiyasida eng ko‘p e’tibor tortadigan qismga aylangan. Ekran endi panelga integratsiya qilingan. Raqamli panel, yangilangan multimedia, Apple CarPlay va Android Auto, isitgichlar, haqiqiy kruiz-kontrol — bularning barchasi Cobaltni ancha jiddiy darajaga olib chiqqan.

Ayni paytda akustika tizimi ham yaxshi ovoz beradi.

Bagajni salon ichidan ochish tugmasi yo‘q, haydovchi uchun podlokotnik ham bazaviyning o‘zida mavjud emas. Orqa qatorda ham shunchaki divan. Ba’zi joylarda plastik qattiq va arzonroq materialdan. Ammo umumiy sifat avvalgisiga qaraganda sezilarli yaxshilangan.

Chevrolet Cobalt Midnight boshqaruv paneli / youtube.com/@snggarageworld

Amaliylik va raqobatbardoshlik

Bagaj juda katta, salon esa shahar uchun yetarli darajada. Blogerning fikricha, Cobalt Midnight endi Kia Soluto yoki Hyundai Accent kabi raqobatchilar oldida uyalmaydigan modelga aylangan.

Uning ta’kidlashicha, yangi Cobalt xalq uchun yaratilgan mashina, oddiy, ammo ishonchli, texnik va vizual jihatdan sezilarli yangilangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt avtomobilining yonilg‘i sarfi haqida yozgan edi.

Shuningdek