
Hyundai’ning premium brendi Genesis G90 Wingback universaliga tegishli yangi suratlar e’lon qilindi. Bu haqda Carscoops avtonashri ma’lum qildi.
Flagman G90 sedanining bazasida yaratilgan bo‘lsa-da, avtomobilning tashqi ko‘rinishi to‘liq qayta ishlangan. Mashina keng qanotlar, agressiv old bamper, yangilangan havo o‘tkazgichlar va qovurg‘ali tom bilan jihozlangan. Orqa qismida yirik diffuzor, ikki bo‘lakli spoiler va to‘rtta chiqarish trubasi mavjud. Salon ichida teri o‘rniga zamshga o‘xshash material qo‘llanilgan.
Seriyali Genesis G90 3,5 litrli, ikki turbinali V6 dvigatelidan foydalanadi. Hozirda gibrid variantlar va V8 dvigateli ham ko‘rib chiqilmoqda, bu brendga BMW M va Mercedes-AMG bilan raqobat qilish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dongfeng Nissan yangi gidrid sedan Nissan N6’ni namoyish etgani haqida xabar bergan edik.






