Germaniya aholisi 2070-yilga kelib 10 millionga kamayishi mumkin — statistika

eʼlon qilindi
Taxminan 75 mlnga tushishi kutilmoqda
Germaniya aholisi 2070-yilga kelib 10 millionga kamayishi mumkin / Foto: Reuters

Germaniya aholisining qarishi va tug‘ilishning kamayishi natijasida kelajakda sezilarli demografik o‘zgarishlar kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Statistik idoraning so‘nggi prognoziga ko‘ra, Germaniyaning aholisi 2070-yilga kelib qariyb 10 mln kishi kamayib, taxminan 75 mlnga tushishi mumkin. Keyingi o‘n yil ichida har to‘rt kishidan biri 67 yoshdan oshgan bo‘ladi. 2038-yilga borib esa 21 mln kishi, ya’ni aholining 27 foizi pensiya yoshida bo‘ladi.

Hozirgi kunda har 100 nafar ishlovchiga 33 nafar nafaqaxo‘r to‘g‘ri kelmoqda. 2070-yilga borib bu ko‘rsatkich 61 nafar nafaqaxo‘rga yetishi mumkin. Statistik idoraning aholi bo‘limi rahbari Karsten Lammerning ta’kidlashicha, bunday vaziyat ijtimoiy ta’minot tizimiga ortib borayotgan bosimni oshiradi.

Aholi faqat yuqori immigratsiya va tug‘ilish ko‘rsatkichlarining oshishi bilan bog‘liq ikki ssenariyda ko‘payishi mumkin. Shu bilan birga, mamlakatda mehnat tanqisligi ortib borayotganligi va immigratsiyaga qarshi noroziliklar siyosiy muhitga ta’sir qilayotgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya poytaxti Berlinda O‘zbekiston mahsulotlarini targ‘ib etishga qaratilgan «UZ Trade House Germany GmbH» savdo uyi rasman ochilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek