
Yapon oshxonasi ishqibozlari uchun noodatiy, ammo juda sodda retsept — temari-sushi. Dumaloq shakldagi bu sushi turi o‘ziga xos achchiq lazzat va kuchli baliq aromati bilan ajralib turadi. Eng qulay jihati — retsept shunchalik osonki, hatto bolalar ham bemalol tayyorlay oladi. Kursiv Uzbekistan oshxonangizdan yapon taomlari hidini taratish uchun yordamga keladi.
Masalliqlar
| Mahsulot | Miqdori |
|---|---|
| Qaynatilgan guruch | 150 g |
| Guruch sirkasi | 20 ml |
| Qizil baliq filesi | 150 g |
| Tvorogli pishloq | 50 g |
| Nori bargi | 1 dona |
| Ko‘k piyoz | 1 bog‘ |
| Kunjut | 10 g |
| Achchiq qayla | 10 ml |
| Soya qaylasi | 10 ml |
| Bezak uchun | |
| Teriyaki qaylasi | 20 ml |
| Kunjut | 10 g |
| Mayonez | 10 g |
Tayyorlash bosqichlari
1-qadam. Guruchni bir necha marta yaxshilab yuvib, to‘liq pishguncha qaynatib olamiz.
2-qadam. Qizil baliq filesini o‘rtacha olovda, ozgina yog‘da har ikki tomonini 1 daqiqadan qovuramiz.
3-qadam. Ko‘k piyoz va norini mayda qilib to‘g‘raymiz.
4-qadam. Katta idishda guruch, guruch sirkasi, qovurilgan baliq, tvorogli pishloq, ko‘k piyoz, kunjut, nori, achchiq qayla va soya qaylasini birlashtirib aralashtiramiz.
5-qadam. Aralashmadan o‘rtacha kattalikdagi dumaloq sushi shakllarini yasaymiz.
6-qadam. Ustiga mayonez tomchisi qo‘yib, kunjut sepamiz va teriyaki qaylasi bilan bezaymiz.
Ovqatdan keyin desert o‘rnini bosuvchi atigi 3 masalliqdan iborat tez tayyorlanadigan ichimlik — Sutli-banan kokteylni ham tayyorlashingiz mumkin.

| Mahsulot | Miqdori |
|---|---|
| Banan | 3 dona |
| Crafers qumoq pechenyesi | 60 g |
| Sut | 700 ml |
| Ko‘pirtirilgan qaymoq (bezatish uchun) | Istalgancha |
Tayyorlash bosqichlari
1-qadam. Bananlarni po‘stidan tozalab, bo‘laklarga ajratamiz va blenderga solamiz.
2-qadam. Pechenye qo‘shib, ustidan sut quyamiz.
3-qadam. Aralashmani bir xil holatga kelguncha blenderda maydalaymiz.
4-qadam. Tayyor kokteylni bokallarga quyib, ko‘pirtirilgan qaymoq bilan bezaymiz.
Yoqimli ishtaha!