Kun tarixi: UNISEF fondi, Nobel mukofoti sovrindori va shaxmat ustasi

11-dekabr sanasi jahon tarixida bolalar himoyasi yo‘lidagi UNICEF fondiga asos solinganligi va Xalqaro tog‘lar kuni sifatida alohida o‘rin tutadi. Bundan tashqari, mazkur sana tibbiyot va sport olamining yorqin shaxslari tavallud topgan kun hisoblanadi
1946-yil 11-dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi tomonidan BMT Bolalar Fondi (UNICEF) tashkil etildi. Ushbu tashkilot Ikkinchi Jahon urushidan jabr ko‘rgan bolalarga yordam berish maqsadida yaratilgan bo‘lib, bugungi kunda ham butun dunyo bo‘ylab bolalarning hayotini saqlash va huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi.

BMT Bosh Assambleyasining qaroriga asosan, 2003-yildan boshlab 11-dekabr sanasi Xalqaro Tog‘lar Kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sana tog‘ ekotizimlari va ularning sayyoramizdagi suv, oziq-ovqat zaxiralari ta’minotidagi global ahamiyatiga e’tibor qaratishga xizmat qiladi.

Shuningdek, 1843-yil 11-dekabr kuni tug‘ilgan nemis mikrobiologi Robert Kox tug‘ilgan. U tibbiyot fanining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, vabo va sil kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilarini kashf etgani uchun 1905-yilda tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Bundan tashqari, hindistonlik grossmeyster Vishvanatan Anand ham 11-dekabrda tug‘ilgan. U shaxmat bo‘yicha 15-jahon chempioni bo‘lib, o‘zining tezkor va yuksak intellektual o‘yini bilan jahon shaxmati tarixidagi buyuk o‘yinchilardan biri hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UNICEF rahbari Toshkentda Mirziyoyev bilan uchrashuvda yangi dasturni muhokama qilgani haqida xabar bergaan edi.