Mirziyoyev xalqaro betaraflik forumida ishtirok etish uchun Turkmanistonga boradi

eʼlon qilindi
11 – 12-dekabr kunlari
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bryusselga jo‘nab ketdi
Mirziyoyev xalqaro betaraflik forumida ishtirok etish uchun Turkmanistonga boradi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 11 – 12-dekabr kunlari Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmanistonga amaliy tashrif bilan boradi.

Tashrif doirasida Mirziyoyev Turkmanistonning doimiy betarafligi e’lon qilinganining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni va 2025-yilning «Xalqaro tinchlik va ishonch yili» deb e’lon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi. Tadbir Ashxobodda bo‘lib o‘tadi va unda ko‘plab davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlari qatnashadi.

Shuningdek, Mirziyoyev forumning «Tinchlik va ishonch: barqaror kelajak yo‘lidagi maqsadlar mushtarakligi» mavzuidagi yalpi sessiyada nutq so‘zlaydi.

Avvalroq Istanbulda Eron, Xitoy, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya Yevrosiyo tranzit koridorining janubiy yo‘li bo‘ylab temiryo‘l yuk tashishlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuv imzolagandi. Shartnomaga ko‘ra, mamlakatlar konteyner poyezdlari uchun yagona tariflarni qo‘llashga, ularning harakat vaqtini qisqartirish va bojxona xarajatlarini kamaytirishga kelishib oldi.

Hujjat, shuningdek, infratuzilmani modernizatsiya qilishni nazarda tutadi, bu orqali koridorning o‘tish qobiliyati oshiriladi va janubiy yo‘lning Xitoy va Yevropa savdosidagi ulushi ko‘paytiriladi.

Shuningdek