Moskvada O‘zbekiston fuqarosi 15 yilga hukm qilindi

Moskvada Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosini 15 yilga umumiy tartibli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ayol Suriyada faoliyat yurituvchi «Katiba Tavhid val-Jihod» xalqaro terrorchilik guruhini moliyalashtirishga ko‘maklashishda ayblangan. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib TASS xabar bermoqda.
Sudlanuvchi Mahbubaxon O‘rinboyeva Rossiya Jinoyat kodeksining terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga ko‘maklashish moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan. Huquq-tartibot organlarining aniqlik kiritishicha, ayblanuvchi o‘z aybini tan olmagan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, O‘rinboyeva 2022-yil oktabr oyida Moskvada bo‘lgan vaqtida radikallar ko‘rsatmasi bilan o‘z bank kartasi rekvizitlari va mobil bank ilovasiga kirish huquqini taqdim etgan. Kartaga boshqa shaxsdan kelib tushgan 6,5 ming rubl keyinchalik terrorchilik guruhini moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan.
Mablag‘lar Suriya Arab Respublikasi hududida jang qilayotgan «Katiba Tavhid val-Jihod» a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan edi. Ushbu guruh «Hayat Tahrir ash-Shom» xalqaro terrorchilik tashkilotining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiya Tolibonni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.