Oliy ta’lim vazirligi sudda xususiy universitetga yutqazdi

eʼlon qilindi
Universitdagi yurisprudensiya yo‘nalishi saqlanib qolinadi
Oliy ta’lim vazirligi Profi University’dagi yo‘nalish litsenziyasiga qarshi sudda yutqazdi / Foto: Profi University

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Profi University’ga berilgan 996228-sonli litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizasini rad etdi.

Avvalroq Oliy ta’lim vazirligi Profi University’ga yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha litsenziya bergan edi. Vazirlik keyinchalik litsenziyani texnik nosozlik tufayli berilgani haqida izoh bergan. Oliy ta’lim regulyatorining ma’lum qilishicha, tizimdagi xato sababli 2025-yil 29-avgust kuni soat 06:19 dan 09:53 gacha license.gov.uz axborot tizimida ayrim arizalar noto‘g‘ri ko‘rib chiqilgan.

Biroq Adliya vazirligi tizim normal ishlaganini, hech qanday nosozlik kuzatilmaganini bildirgan. Oliy ta’lim vazirligi sudga murojaat qilib, universitetning litsenziyasini bekor qilishni talab qilgan. Sud vazirlikning da’vo arizasini asossiz deb topgan. Natijada Profi University’ning yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha litsenziyasi amalda saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva sudi faqat o‘zbekistonliklarni ishga olishga oid e’lonlarni taqiqlagan edi.

Shuningdek