Opel Astra avtomobili qo‘shimcha imkoniyatlar bilan yangilandi

11-dekabr 2025 09:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Opel Astra avtomobili qo‘shimcha imkoniyatlar bilan yangilandi
Foto: Opel

Opel kompaniyasi to‘rt yildan beri ilk bor Opel Astra modelining yirik yangilanishini namoyish qildi. Bu haqda Carcoops nashri xabar bermoqda.

Tashqi ko‘rinishda avtomobil o‘ziga xos siluetini saqlab qolgan. Old qismi sezilarli darajada o‘zgardi. Yangi Opel Vizor dizayni endi kengroq LED elementlarga ega bo‘lib, markazdagi Opel Blitz logotipi yorqin yoritiladi.

Shuningdek, yangi bamper va 17 hamda 18 dyuymli g‘ildirak disklari paydo ornatiladi. Yangilanish Astra xetchekiga ham, Astra Sports Tourer universali versiyasiga ham tatbiq etilgan.

Foto: Opel

Ichki qismi qanday o‘zgardi

Salonda ham modernizatsiya seziladi. Endilikda barcha komplektatsiyalarda ergonomik Intelli-Seats o‘rindiqlari standart bo‘ldi. Ular qayta ishlangan ReNewKnit materiali asosida tayyorlanib, isitish, massaj va keng sozlamalar to‘plami bilan jihozlanadi. Multimediasiya tizimi va raqamli panel interfeysi yanada sodda va intuitiv ko‘rinishga ega bo‘lgan ikki dona 10 dyuymli ekran orqali boshqariladi.

Yangi Astra texnik jihatdan ham yangilangan Peugeot 308 bilan bir xil dvigatel qatoriga ega.

Foto: Opel

Yangilangan Opel Astra’ning jamoatchilikka rasmiy taqdimoti 9 yanvar kuni Bryussel avtosalonida o‘tkaziladi. Shundan so‘ng Yevropa bozorida savdolar boshlanadi. Model segmentdagi kuchli raqobatchilar — Volkswagen Golf, Peugeot 308, Toyota Corolla va Hyundai i30 bilan raqobatga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Yevropada yangilangan Opel Astra va Astra Sports Tourer taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek