O‘zbekistonda fuqarolar nomiga olib kiriladigan avtomobil importi qisqartiriladi

eʼlon qilindi
Buning o‘rniga yuridik shaxslar uchun mavjud bo‘lgan notarif cheklovlari yumshatiladi
Foto: Ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar nomiga rasmiylashtiriladigan yengil avtomobillar importi bosqichma-bosqich qisqartirilishi rejalashtirilmoqda. Buning o‘rniga yuridik shaxslar uchun mavjud bo‘lgan notarif cheklovlar yumshatilib, avtomobil olib kirish jarayonlari tartibga solinadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 1-martiga qadar «O‘zstandart» agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi hukumat qarori loyihasini tayyorlaydi. Hujjatga muvofiq, bojxona postlarida notarif cheklovlar bo‘yicha nazoratni soddalashtirish va import rasmiylashtiruvi tartibini yengillashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Bojxona organlari va UZIMEI markazi mobil qurilmalarning IMEI-kodlari bo‘yicha ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yadi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Bojxona qo‘mitasi bu borada hukumat qarorini 2026-yil 1-fevraliga qadar ishlab chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va avtomobil savdosi faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek