Qamchiq dovonida kanatdan yiqilgan qiz haqida rasmiy ma’lumot berildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lumot berdi
Qamchiq dovonida kanatdan yiqilgan qiz haqida rasmiy ma’lumot berildi
Qamchiq dovonida kanatdan yiqilgan qiz haqida rasmiy ma’lumot berildi / Ekran tasviri videodan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida ayol kanatdan tushib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, balandlikdan qulab tushgan qiz og‘ir tan jarohati olmagan.

«Holat bugun soat 12:55 lar atrofida sodir bo‘lgan. 16 yoshli qiz kanatdan 8 metr balandlikdan tushib ketgan. U qor uyumi ustiga tushgani sababli og‘ir tan jarohati olmagan», – deyiladi rasmiy axborotda.

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda qizning ahvoli qoniqarli, u Dang‘ara tumanidagi tibbiyot bo‘limiga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonida avtomobillar harakati bir muddat to‘xtatilgani, so‘ng qayta tiklangani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek